Berlinda 68-marotaba bo‘lib o‘tgan kinofestivalda ruminiyalik kinorejissor Adina Pantiliyaning “Menga tegma” kartinasi bosh sovrin — “Oltin ayiq”ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eng yaxshi ssenariy uchun “Kumush ayiq” Manuel Alkala va Alonso Ruispalasiosga “Muzey” filmi uchun topshirildi. “Itlar oroli” filmini suratga olgan Ues Anderson eng yaxshi rejissyor deb topildi.
“Ibodat” filmidagi roli uchun Entoni Bajon va “Merosxo‘rlar” filmidagi ijrosi uchun Ana Brun eng yaxshi aktyor va aktrisa sifatida e’tirof etildi.
Izoh (0)