Amerikalik Jim Kovalchik 700 kilogrammli g‘amgin ayiqni quchoqlash orqali tinchlantirish yo‘lini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Forum Daily. U yirtqichni bag‘riga bosib, silayotgani aks etgan video Nyu-Yorkdagi yetim jonivorlarga ko‘maklashish markazining YouTube-kanaliga joylandi.
24 yoshli Jimbo laqabli ayiq Kaliforniya hayvonot bog‘ida tug‘ilgan, bog‘ yopilgach, Kovalchik ayiqchani o‘zi bilan olib qolgan. Jimbo yovvoyi tabiatga qayta olmagan, chunki u tutqunlikda dunyoga kelgan va oyog‘idan shikastlangan.
Uch metrli ayiq noma’lum kasallikdan azob chekkani uchun veterinar shifokorni chaqirishgan, ammo ayiq qattiq hayajonlanib qolgan, Kovalchik ana shu paytda ayiqni quchoqlash va silash bilan tinchlantirishga qaror qilgan.
Izoh (0)