Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida yashovchi kishi Facebook orqali videomurojaat qildi. Unga ko‘ra, uning qizi 2017-yilning dekabr oyida prezident archasiga taklif qilingan. Biroq qiz u yerdan sovg‘a o‘rniga noutbuk uchun sertifikat olib kelgan, deb yozmoqda “Vestnik Kavkaza”.
Sovg‘a esa ikki oydan keyin keltirib berilgan, qizchaga yetkazib berilgan kompyuter esa nosoz bo‘lib chiqqan — uning batareyasi quvvat ushlab tura olmaydi va faqat elektr tarmog‘iga ulangan holda ishlaydi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda qizchaning noutbuki yangisiga almashtrib berilgan. Shuningdek, noutbuklar yetkazib berish bo‘yicha tenderni yutib olgan va majburiyatini bajarmagan kompaniya esa sudga berilgan.
Izoh (0)