20-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chilining yangi tayinlangan elchisi Rodrigo Xose Nyetoni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qarorgohi Moskvada joylashgan elchi tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat asnosida O‘zbekiston – Chili o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivoji ko‘rib chiqildi.
Elchiga 26–27-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish taklif etildi.
Izoh (0)