O‘zbekistonda davlat rahbari tashabbusi bilan “Obod qishloq” loyihasiga qo‘l urildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi xabar bermoqda.
Loyihaning birinchi bosqichida qishloq joylaridagi qurilish normalari va sanitariya talablariga javob bermaydigan, ta’mirtalab uylarda yashovchi oilalar ro‘yxati shakllantiriladi.
Keyingi bosqichda keng jamoatchilik va faol yoshlarni jalb etgan holda manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda abgor ahvolda bo‘lgan uylarni ta’mirlash va obodonlashtirish, shu jumladan, uzoq va chekka hududlardagi qishloqlar qiyofasini o‘zgartirish maqsadida hasharlar tashkil etiladi.
Mazkur loyiha doirasidagi dastlabki manzil Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan fotolar orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)