O‘zbekistonda joriy yil iyun oyida Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Forumga “Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzu qilib olingan.
Poytaxtda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV va xalqaro tashkilotlar vakillari uchun brifing tashkil etildi.
Unda forum doirasida rejalashtirilayotgan tadbirlar muhokama qilinib, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillarining ishtirokini kengaytirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)