Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Konchilik instituti magistri Abduhalil Samadovning izlanishi tufayli kashf etilgan ushbu agroinnovatsiya issiqxonada yilning to‘rt fasli, sutkaning istalgan vaqtida zarur bo‘lgan mo‘tadil haroratni ta’minlay oladi.
Ixtirochining izohlashicha, qurilmada maxsus datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, issiqxonani isitish va salqinlatish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ushbu qurilmaning uzunligi 15, eni 10 metr bo‘lgan issiqxonaga o‘rnatish xarajati o‘rtacha 3 million so‘m atrofida.
Qurilma issiqxonadagi namlikni ham nazorat qila olishi o‘simliklar turli kasalliklarga chalinishining oldini oladi. Mazkur jarayon tuproq ostiga o‘rnatilgan sezgir elementlar orqali amalga oshirilib, qayerga va qancha namlik kerakligi haqida boshqaruv pultiga xabar keladi.
Izoh (0)