O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi yangi axborotni e’lon qildi.
2018-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28,774 milliard dollarni tashkil etdi.
1-yanvarda bu ko‘rsatkich 28 milliard dollarni tashkil etgandi. Shu tariqa, bir oyda oltin-valyuta zaxiralari hajmi 700 million dollarga ko‘paydi.
Bundan 14,7 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, salkam 14 milliard dollar esa monetar oltindan iborat.
O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27,250 milliard dollarga teng.
Izoh (0)