Bortida Meksika ichki ishlar vaziri Alfonso Navarette va Oaxaka shtati gubernatori Alexandro Murato bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, amaldorlar omon qolgan, biroq ularning hozirda ahvoli qanday ekanligi noma’lum.
Vertolyot zilzila oqabatida zarar yetgan hududlarni aylanib chiqayotib, 30 metr balandlikdan avtomobil ustiga qulab tushgan. Bir necha odam halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-fevral kuni Meksikaning Oaxaka shtatida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida millionga yaqin uy elektr energiyasisiz qolgan.
Izoh (0)