AQSh prezidenti Donald Tramp Parklenddagi maktabda (Florida shtati) sodir bo‘lgan otishma oqibatida jabrlanganlar bilan uchrashdi. Bu haqda The Hill nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tramp turmush o‘rtog‘i Melaniya bilan shifoxonaga borib, otishma oqibatida jarohat olgan sakkiz nafar jabrlanuvchi bilan uchrashdi.
“Bu kabi hodisalarning sodir bo‘lishi juda achinarli”, — dedi Tramp jurnalistlarga.
Shundan so‘ng AQSh prezidenti voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari bilan suhbatlashishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Parklenddagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi. Otishmani maktabdan haydab yuborilgan 19 yoshli Nikolas Kruz amalga oshirgan.
Izoh (0)