Turk armiyasi Suriya—Turkiya chegarasidagi jangovar harakatlarda taqiqlangan qurollardan foydalanmoqda. Bu haqda Afrindagi kurd mudofaa kuchlarining rasmiy vakili Reyzan Xedu ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Turk armiyasi samolyotlar, tanklar, raketalar va xalqaro konvensiyalarga ko‘ra taqiqlangan quroldan — napalm va xlor gazidan foydalanmoqda, shuningdek, askarlar soni bo‘yicha ham tafovut katta. Ularning ixtiyorida turk harbiylaridan tashqari o‘n minglab terrorchilar bor”, — deydi Xedu.
Napalm — qurol sifatida ishlatiladigan quyultirilgan benzin. 1980-yilda BMT “Ba’zi an’anaviy qurollardan foydalanishni taqiqlash yoki cheklash to‘g‘risidagi konvensiya”ga ko‘ra uni taqiqlangan.
Izoh (0)