Tataristonning Qozon shahri politsiyachilari “Rossiya pochtasi”ga qarashli logistika markazining olti nafar xodimini qo‘lga oldi. Xodimlar ichida elektron qurilmalar bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan jo‘natmalarni yashirgan. Ular ishdan bo‘shatilgan va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xodimlar eng qimmat va ikkilamchi bozorda ko‘p talab bo‘lgan qurilmalarni, xususan, smartfonlar va planshetlarni jo‘natmalar ichidan olib qo‘ygan va keyinchalik ularni internet orqali sotgan. O‘g‘irlangan texnikalarning umumiy qiymati bir necha million rublni tashkil qilgan.
Izoh (0)