Hindistonlik erkak kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekuvchi rafiqasini jodugarlikda ayblab, u bilan ajrashdi, deb xabar beradi Daily Star.
Gita ismli 21 yoshli ayol gematidrozga chalingan. U asabiylashganida ko‘zlaridan yosh o‘rniga qon oqadi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning mazkur kasaligi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishiga sabab bo‘lgan.
Gitaning kasali kundan-kunga rivojlanib bormoqda, endilikda asabiylashganida uning boshqa a’zolarida ham qon paydo bo‘lmoqda.
Mahalliy shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qizning qon bosimi joyida, uning qon ivish xususiyati ham normal ishlamoqda.
Gematidroz — juda kam uchraydigan kasallik. Insoniyat tarixida u bilan bog‘liq 30 ta holat qayd etilgan. Unda ter qon bilan аralashib ketadi va kuchli psixologik bosim ostida teri ustiga pushti yoki qizil suyuqlik ko‘rinishida sizib chiqadi.
Izoh (0)