15-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Florida shtatidagi Marjory Stoneman Douglas maktabida ro‘y bergan vahshiyona jinoyat munosabati bilan vazir samimiy ta’ziya bildirdi.
O’z navbatida, elchi Prezident Shavkat Mirziyoyevga va O‘zbekiston xalqiga AQSh uchun bu og‘ir damlarda g‘amxo‘rligi va hamdardligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ikki tomonlama kun tartibinining dolzarb masalalari va unga tayyorgarlik ko’rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)