Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirib, O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni agentlikka kelishini so‘ramoqda. Bu haqda agentlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Agentlikka ko‘ra, u orqali Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan fuqarolar Koreya ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakunlangandan so‘ng 10 ish kuni ichida O‘zbekistonga qaytib kelishi, 30 kalendar kuni ichida esa “o‘z yurtiga qaytgan shaxs” sifatida ro‘yxatga olinish uchun agentlikka kelishi shart.
O‘zbekistonga qaytib kelgan bo‘lsa ham agentlikda ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarimaga tortilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)