“O‘zbekiston havo yo‘llari” Buyuk Britaniya mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi — AITO a’zosi bo‘ldi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Britaniya bozorida ommalashtirishda muhim qadam ekanligi bildirilmoqda.
Uyushma a’zoligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” brendi va mamlakatning sayyohlik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
AITO o‘z safiga 120 ga yaqin ixtisoslashgan va mustaqil turoperatorlarni birlashtirgan savdo guruhi bo‘lib, uning a’zolari dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi. 1976-yilda tashkil etilgan assotsiatsiya shtab-kvartirasi London janubi-g‘arbida joylashgan.
Izoh (0)