O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklariga bo‘lindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
2016-yil dekabridan qishloq va suv xo‘jaligi vaziri sifatida ishlab kelgan Zoyir Mirzayev bu mansabni tark etdi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi.
Nashrning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi vaziri etib Bahodir Yusupov tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Suv xo‘jaligi vaziri etib Shavkat Hamroyev tayinlandi. Bunga qadar u qishloq va suv xo‘jaligi vazirining suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)