Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida valyutafurush shaxs noqonuniy faoliyati davomida takroran qo‘lga olindi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
“1988-yilda tug‘ilgan Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida yashovchi fuqaro Baxrulbek Ma’rupov 1992-yilda tug‘ilgan Shamshod Fayziyevga har bir AQSh dollarini 8220 so‘mdan hisoblab, 8700 AQSh dollarini 76 million 500 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olinib, ushbu pullar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan hujjatlar ramiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentiga yuborildi.
Izoh (0)