Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan “Bektemir” YPX maskanida Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, uning haydovchisi va yo‘lovchilari tekshirildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida yo‘lovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Alisher Saidovning yonidan og‘irligi 6,59 gramm bo‘lgan marixuana topildi.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)