O‘zbekiston Qirg‘izistonga avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika yetkazib berishga tayyor. Bu haqda Bishkekdagi muzokaralar davomida O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Spot.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston O‘zbekistonga go‘sht, sut, meva-sabzavotlar, shaffof suvdan tayyorlangan ichimliklar eksport qilishi mumkin.
Shuningdek, Qirg‘izistonda Isuzu avtobuslari, keyinchalik esa Ravon avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Jamshid Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish, O‘shda maktab va savdo-ko‘ngilochar markazi qurish bo‘yicha birgalikda ish olib borilmoqda.
2018-yilda Toshkent va Andijonda Qirg‘iziston, Bishkek va O‘shda esa O‘zbekiston savdo uylari ochilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)