Chevrolet kompaniyasi tirkamasiga 4,5 tonna yuk ortilgan Silverado 3500 HD va Ford Super Duty F-450 og‘ir pikaplari o‘rtasida dreg-poygani tashkillashtirdi. Poyganing videosi ishlab chiqaruvchining YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi, deb xabar berdi “Motor”.
Poygada ishtirok etgan Chevrolet Silverado 3500HD 451 ot kuchiga ega 6,6 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatel olti diapazonli “avtomat” bilan juftlikda ishlaydi. Pikap 6 tonnagacha yukni tashishga qodir.
Ford Super Duty F-450 ham 456 ot kuchiga ega 6,7 litrli V8 divateli bilan jihozlangan. Uzatmalar qutisi olti diapazonli “avtomat”. 9,5 tonnagacha yukni tashiy oladi.
Chevrolet o‘tgan yil davomida Silverado’ning 585 864 dona turli modifikatsiyasini sotishga muvaffaq bo‘ldi. Ford F-Series’da esa ushbu ko‘rsatkich 896 764 nusxaga teng.
Izoh (0)