Samarqand shahridagi Birinchi Prezident Islom Karimov haykali o‘rnatilgan maydonda viloyat umumta’lim maktablarining Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlariga ko‘krak nishonlari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbir avvalida Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari O. Tojiyev va viloyat kengashi raisi R. Qobilov o‘quvchi-yoshlarni tashkilotga a’zolikka qabul qilingani bilan tabrikladi.
Tadbirda har bir tuman va shahardan 18 nafardan o‘quvchi-yoshga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorligi ko‘krak nishoni topshirildi.
Izoh (0)