27-yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida MyDay media-resursi tomonidan ta’sis etilgan Meal & Drinks Choice Award ikkinchi restoranlar mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda marosim tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tanlovda jami 250 ta maskan ishtirok etib, ularga umumiy hisobda 37000 dan ortiq ovoz berilgan.
Hakamlar hay’ati tomonidan bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha qator restoran va kafe egalariga mukofotlar topshirildi. Poytaxtdagi Nobile restorani “Eng yaxshi maskan” nominatsiyasida g‘olib bo‘lib, gran-prini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, marosimda yilning eng yaxshi oshpazi, ofitsianti va restoran boshqaruvchisi ham aniqlandi.
Izoh (0)