Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida mamlakatda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va erishilayotgan natijalar, kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Seminarda Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifi bilan O‘zbekistonga kelgan amerikalik mutaxassis Liya Vinsent qatnashib, sohadagi yangiliklar, texnik rivojlanishning inson salomatligini asrashdagi o‘rniga doir mavzularda mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Seminar ishi ta’lim, ilmiy fikr almashish, nashr etishga amaliy qadam, texnik maqolalarni yozish kabi shu’balarga bo‘lingan holda davom etdi.
Qo‘shma Shtatlardagi biotibbiy ta’lim, milliy sog‘liqni saqlash institutlari va ilmiy almashinuv imkoniyatlari, nashr etish uchun ilmiy risolalarga qo‘yiladigan talablar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Izoh (0)