Afg‘oniston poytaxti Kobulda 29-yanvar, dushanba kuni tongda noma’lum shaxslar guruhi marshal Fahim nomidagi harbiy akademiyaga hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tolo News telekanaliga ko‘ra, akademiya hududidan portlash va o‘q ovozlari eshitilmoqda.
Kuch tizimi xodimlari mazkur hududdagi barcha yo‘llarni yopib qo‘ydi.
Boshqa ma’lumotlar hozircha keltirilmadi.
Izoh (0)