Argentina prezidenti Maurisio Makri budjet mablag‘larini iqtisod qilish uchun davlat xizmatchilarining 25 foizi qisqartirilishi va mansabdorlar maoshi muzlatilishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz hokimiyat ijro organlariningg har to‘rtinchi xizmatchisini qisqartiramiz. Shuningdek, bu yil mansabdorlar uchun maoshlar oshirilmaydi. Endi vazirlarning oila a’zolari hukumatda ishlashi mumkin emas”, — dedi Argentina yetakchisi.
Mazkur islohot taxminan 1000 nafar mansabdor qisqartirilishi va har yili 1,5 milliard peso (76,73 million dollar) iqtisod qilinishiga olib kelishi bildirilmoqda.
Izoh (0)