AQSh prezidenti Donald Tramp musulmonlarga nafrat bilan qarashi haqida tarqatilayotgan da’volarni bo‘hton deb atadi. Bu haqda u Britaniyaning ITV telekanaliga bergan va 28-yanvar, yakshanba kuni namoyish etilgan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Musulmonlarni yoqtirmasligi haqidagi savolga Tramp: “Yo‘q. Bu bo‘hton” deb javob berdi.
“Barcha insonlarni yaxshi ko‘raman. Biroq ular yomon kishilar bo‘lsa, ular bilan nimadir qilishimiz, jazolashimiz kerak. Musulmonlar bilan munosabatlarim juda yaxshi. Prezidentlik kompaniyasi davomida ular meni qo‘llab-quvvatlagan”, — dedi AQSh prezidenti.
Izoh (0)