Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tu-160 strategik raketa tashuvchisi bazasida tovushdan tez yo‘lovchi samolyotini yaratishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
U SSSR davrida shunday havo kemasi — Tu-144 bo‘lgani, biroq undan qimmatligi sababli voz kechilganini eslatdi.
“Hozir vaziyat boshqacha. Bu samolyotdan foydalanishi mumkin bo‘lgan yirik kompaniyalar paydo bo‘lgan”, — dedi Putin.
Ma’lumot uchun, Sovet Ittifoqida Tu-144 1967—1984-yillarda ishlab chiqarilgan, jami 16 ta shunday samolyot qurilgandi. Undan tashqari dunyoda atigi bitta — Concord tovushdan tez yo‘lovchi samolyoti chiqarilgan va 2003-yilgacha foydalanishda bo‘lgan.
Izoh (0)