Meksikalik politsiyachilar yo‘qolib qolgan ayolning jasadi qoldiqlarini uning sobiq turmush o‘rtog‘ining uyidagi kastryulkadan topdi, deb xabar beradi Fox News.
Magdalena Agilar Romero yanvar oyining boshida Tasko shahrida yo‘qolib qolgan edi. Ayol yo‘qolishidan oldin sobiq turmush o‘rtog‘i Sezar Gomez Archinyeganikiga farzandlarini olish uchun borgan.
Politsiyachilarning taxmin qilishicha, erkak sobiq rafiqasini o‘ldirib, so‘ng jasadni bo‘laklarga bo‘lgan va qo‘l hamda oyoqlarini qaynatgan.
Uyning oshxonasidagi muzlatgichdan Romero tanasining qolgan qismlari topilgan.
Politsiya jinoyatning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan. Archinyeganing hibsga olingani haqida ham aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Xabarda qayd etilishicha, Meksikada so‘nggi o‘n yil ichida ayollarni o‘ldirish holati o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan.
Izoh (0)