O‘zbekiston Prezidenti “Strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Mazkur strategik xaridorlar — Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekneftegaz”, “O‘zbekenergo”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekko‘mir”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbektelekom”, “Milliy energiya tejovchi kompaniya” va “O‘zavtosanoat”, shuningdek, mazkur kompaniyalar ulushlari bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan alohida yondashuvlarni joriy etadi.
Ular jihozlar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlari, shuningdek, joriy ishlab chiqarish uchun ish va xizmatlarni xarid qilishga shartnomalarni, summadan qat’iy nazar, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan imzolash huquqiga ega bo‘ldi.
Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi umumiy talablar ularga taalluqli emas, biroq yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni ham imzolay olmaydi.
Izoh (0)