Rossiyaning Belgorod viloyati Shebekino shahrida 17 kishini daydi it tishladi. Bu haqda “Bel.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, it tishlagan kishilar orasida to‘qqiz nafar bola ham bor.
Daydi it laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganida uning quturgani aniqlandi. Uning hozirgi taqdiri haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil boshidan beri quturish bo‘yicha 15-holat.
Izoh (0)