Turkiya Suriya shimolida “Demokratik Suriya kuchlari” koalitsiyasidan Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kurdlarga qarshi aviahujumlar uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida AQShni oldindan ogohlantirgan. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Turkiya oshkora ish tutdi. Ular aviatsiya yuborib, buni amalga oshirishdan oldin, bizni ogohlantirdi, biz bilan maslahatlashdi”, — dedi Pentagon rahbari.
“Hozir esa biz bundan keyin qanday yo‘l tutish ustida ishlayapmiz. Biz buni bir yoqli qilamiz”, — deya ishontirdi vazir.
Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshlagani haqida 20-yanvar kuni Erdo‘g‘on e’lon qilgan edi.
Izoh (0)