Angliya Premyer-Ligasining 23-turida “Liverpul” peshqadam “Manchester Siti”ni taslim etdi. Bu “shaharliklar” uchun mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
Qanday ajoyib o‘yin! Har ikki klub ham haqiqiy triller namoyish etdi va bu tarixiy to‘qnashuv bo‘ldi. Siz bunda yurakni o‘g‘irlatib qo‘yasiz va uni maydonning o‘zidan topasiz. Bu o‘yinda sifat va harakter uyg‘unlasha oldi va u menga juda yoqdi.Siz bu o‘yin haqida 20 yildan keyin ham gaprib yurasiz. Chunki “Manchester Siti” bu mavsum qaytib yutqazmaydi.
Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi
Yurgen Klopp hamkasbi Xosep Gvardiolani eng ko‘p bor mag‘lub etgan murabbiyga aylandi. Turli musobaqalarda u ispaniyalik murabbiyni 5 bor taslim qilishga erishdi. Fakt shundan iboratki, Gvardiolani hozirgacha hech kim 5 marta yuta olmagandi.
Va nihoyat “Manchester Siti” APLda taslim etildi. Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” kun qahramoni
Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz “Liverpul”ning o‘z uyida tajovuzkor bo‘lishini bila turib, mag‘lub bo‘ldik.Barqaror o‘yin namoyish etishimiz kerak edi, bunday bo‘lib chiqmadi. Bungacha ham chempionlik poygasi tugamagani haqida ko‘p aytgandim. Endi egallab turgan o‘rnimizni himoya qilishda davom etamiz.
Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Izoh (0)