Ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi ARD — Germaniya telekanallari assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda ittifoq raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Delegatsiya a’zolariga Germaniya federal yoshlar kengashi prezidenti Liza Maya hamrohlik qildi.
Delegatsiya ARD — Germaniya telekanallari assotsiatsiyasining tarixi, bugungi faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari, axborotlarni tayyorlash va uzatish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.
Xabarda assotsiatsiya xodimi Robin Lotenbaxda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari xususidagi ma’lumot katta qiziqish uyg‘otgani qayd etiladi.
Izoh (0)