O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Qur’on musobaqasida qatnashishni xohlovchilar ko‘pligi inobatga olinib, talab-istaklardan kelib chiqqan holda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish shu yil yanvar oyining 14-sanasi kechki soat 19:00 gacha davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga tayanib xabar bermoqda.
Tashkiliy qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, 13-yanvar sanasigacha 2770 nafar ishtirokchi hujjat topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rsatgich:8-yanvarda 733 nafarni;9-yanvarda 1101 nafarni;10-yanvarda 2079 nafarni;11-yanvarda 2255 nafarni tashkil etgan edi.
Izoh (0)