• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fuqarolarni sarson qilayotgan Uchtepa tumani gaz ta’minoti korxonasidagi holat tanqid qilindi (foto)

    O‘zA Milliy axborot agentligi Uchtepa tumani gaz ta’minoti korxonasidagi holatni keskin tanqid ostiga oldi. Gap shundaki, respublikaning chekka hududi emas, Toshkentning Uchtepa tumanidagi idorada tartibsizlik, uzundan-uzoq navbatda turish, mutaxassislar uchun ham, iste’molchilar uchun ham hech qanday sharoitning yo‘qligi, navbat kutish uchun o‘tirg‘ichlar qo‘yilmaganligi holati kuzatilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Bu poytaxtimizning Uchtepa tumani gaz ta’minoti korxonasidagi manzara, —deyiladi xabarda. — Bino zali to‘lov qilish uchun kelgan fuqarolar bilan to‘lgan. Bu yerdagi kassalarda navbat kutib turganlarni sanasangiz, sanoqdan adashib ketasiz.

    ‘O‘zsanoatqurilish bank’ va ‘Ipoteka-bank’ aksiyadorlik tijorat banklarining beshta mutaxassisi ishlamoqda. ‘Ipoteka-bank’ning uchta mutaxassisi uchun binoning kirish yo‘lagi burchagida stol-stullar qo‘yilgan. Qolgan ikkita mutaxassis uchun bir xona.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Binoda nafaqat mutaxassislar uchun, balki iste’molchilar uchun ham hech qanday sharoit yo‘q. Atigi bitta o‘tirg‘ich bor, xolos. Yosh bolalar yig‘lagan, keksalar devorga suyangan, yana kimdir navbatdan qolib ketmaslik uchun oyoq ustida omonatgina o‘tiribdi. Agar oldindagi kishini adashtirib qo‘ysangiz, qaytib navbatingizni topib bo‘psiz.

    To‘lovlarni qabul qilayotgan xodimlarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Atrofda g‘ala-g‘ovur. Kim navbat olgan, yana kimdir dardini aytgan, boshqasi to‘lov noto‘g‘ri bo‘ldi, deb noligan. Mana shunday sharoitda kassa xodimlari biroz chalg‘isa, yo yozishda, yoki pul sanashda adashadi. Shunday ham bo‘lib turibdi.

    – 2017-yil noyabr oyining 10-sanasida, dekabrning 16-sanasida to‘lov to‘laganman, – deydi o‘zini Rustam deb tanishtirgan yigit. – Hozir yana to‘lov qilmoqchi bo‘lib tekshirtirsam, dekabrdagi pul tushmagan emish. O‘sha paytda ishlagan kassir bola hozir bu yerdagilar orasida yo‘q. Boshqalariga murojaat qilsam, hamkasbi qilgan ishga boshqasi javob berolmas ekan. ‘Yaxshisi, bankning tumandagi filialiga borib keling’, deyishdi. Bu yerda ishim bitmadi. Lekin bir kunni deyarli yo‘qotdim.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xunobi oshgan yigit shu gaplarni aytdiyu, shoshib bankka ketdi. Xo‘sh, bank mutaxassislari o‘z ishiga javob bermaydimi? Nega bank mutaxassislarini ushbu muassasaga yuborar ekan, bu masalani o‘ylab ko‘rmaydi? Ularning qilgan xatosi uchun iste’molchi ovora bo‘lishi kerakmi?

    Ushbu muassasadagi ishlar davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-noyabrdagi ‘Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori asosida tashkil etilgan. Ammo qarorda belgilanganidek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni tashkil etishda kamchiliklar ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Sharoitimiz yomonligi, fuqarolar uchun qulayliklar yo‘qligini yuqori tashkilotlarga aytganmiz, – deydi tashkilotning gazni sotish va hisobga olish bo‘yicha yetakchi muhandisi Samig‘ Fozilov. – Lekin natija bo‘lgani yo‘q. Asosan to‘lov to‘lash uchun har oyning o‘ninchi sanasigacha tirbandlik ko‘p bo‘ladi.

    Bu gap qanchalik haqiqat? 

    – Bu yerda doim navbat kutasiz, – deydi Bog‘obod mahallasida yashovchi Rohila Sadirova. – Qarzdorligingizni, pulingiz tushgan yoki tushmaganini tekshirish uchun ham alohida navbat olib, keyin kirasiz. Oyning qaysi kunida kelishingizning ahamiyati yo‘q. Pensiyada bo‘lganim uchun bolalarimning uyini, o‘zimizning uy to‘lovlarini vaqtim bemalol deb o‘zim to‘lab yuraman. Lekin hammada bunday imkoniyat yo‘q. Kassalar sonini ko‘paytirib, kutish joylarida qulay sharoitlar yaratilsa, biz, keksalarga ham yaxshi bo‘lardi. Ertalab kelgandim. Hozir vaqt tushlikka yaqinlashdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi ‘O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi hamda Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida’gi qarori asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Uchtepa tumani Majburiy ijro byurosi texnik kuzatuv shu’basi muhandisi Rustam Lutfullayevning aytishicha, ular aholining hal bo‘lmayotgan muammolarini yechishga yordam berishadi.

    – Mana ko‘ring, har oyning o‘ninchisigacha to‘lovlarni to‘laymiz, – deydi Jurjoniy mahallasida yashovchi Tohira Yo‘ldosheva. – Lekin o‘z vaqtida to‘lasam ham yana penya yozilaveradi. Ikki, uch, to‘rt marta shunday bo‘ldi. Mayli, deb to‘lab yurdim. Endi ‘Menga tushuntirib beringlar. Bunday bo‘lishi mumkin emas’ desam, ‘Biz bilmaymiz, Toshkent shahar gaz ta’minoti korxonasiga borib keling’, deyapti. Sarson qilishadi. Bu faqat menda emas. Ko‘pchilik shu muammoning ortidan ovora.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yana ovoragarchilik

    Shunda ham ish bitsa, xo‘p-xo‘p. Agar ularni yana tumandagi mas’ul xodimga uchrashing, deb qaytarib yuborishsa-chi? Kelsa, yana navbatda turishi kerak. Unda bir ishni hal etish uchun necha kun zarur bo‘ladi? Fuqarolarning aytishicha, gaz ta’minoti korxonalarida iste’molchilarning vaqtini olish, uzoq vaqt ishini bitirib bermasdan qo‘pol muomalada bo‘lish kabi holatlar tez-tez uchrab turar ekan.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, chuqur va puxta o‘ylangan loyihalar hayotga tatbiq etilayotgan ayni pallada poytaxtimizda bo‘layotgan bunday ishlarga nima deb izoh berish mumkin?”

    12.01.2018, 09:00   Izoh (0)   24669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi Facebook’da tanlov e’lon qildi

    12.01.2018, 08:31

    “Qonun doim biz bilan!”: Alisher Uzoqov ishtirokidagi rolik jahon rekordini yangilaydimi? (video)

    12.01.2018, 07:53

    O‘zbekistonda xotira kitobi chop etiladi. Unda halok bo‘lgan harbiylar haqida hikoya qilinadi

    11.01.2018, 23:45

    Toshkentda YHXB tomonidan 10-yanvar kuni 3,3 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etildi

    11.01.2018, 23:33

    Zoyir Mirzayev va Gyunter Overfeld Berlindagi yarmarkada o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokini ta’minlashni muhokama qildi

    11.01.2018, 23:20

    Ravon R2 Ukrainada eng ommalashgan 10 ta model qatoriga kirdi

    11.01.2018, 23:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropaning Falastinni tan olishi AQSH bilan muloqotni qiyinlashtiradi” — WSJ

    Dunyo | 4 avgust, 18:40

    Betakror durdonalar: real voqealarga asoslangan qiziqarli filmlar

    Kino | 4 avgust, 18:25

    Jizzaxda fuqaro hokimlik zaxirasidagi yerni 500 mln so‘mga sotishga urindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 18:15

    Laylo, Rahmatilla Mirzayev va qotillik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik mashhurlar

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:55

    Dubayda birinchi virtual oila yaratildi (video)

    Dunyo | 4 avgust, 17:45

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:35

    Davlat byudjetiga qaysi soliq turi eng ko‘p daromad keltirayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 17:25

    “Chelsi” “Barselona”ga Fermin Lopes uchun Kristofer Nkunkuni taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 17:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.