Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining yarim finalidan joy olgan ikkinchi uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.
London derbisi doirasida “Stemford Brij”ga tashrif buyurgan “Arsenal”, 0:0 hisobiga rozi bo‘ldi. Shu tariqa tomonlar finalga yo‘llanma oluvchi klub nomiga takroriy o‘yinda oydinlik kiritadigan bo‘ldi.
Yarim finalning javob o‘yinida “Arsenal” 24-yanvar kuni “Chelsi”ni qabul qiladi. “Bristol Siti” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi javob o‘yini esa 23-yanvarga tayin qilingan.
“Arsenal” va “Chelsi” shu mavsumning o‘zida uch bor to‘qnash kelishdi va ularning har uchalasida ham g‘olibni aniqlab bo‘lmadi — 0:0, 2:2, 0:0. “Chelsi” maydonidagi har ikki o‘yinda ham golsiz duranglar qayd etildi.
Izoh (0)