Pol Koks — Britaniya harbiy-dengiz floti harbiy xizmatchisi, u har kuni ishga paraplanda boradi, deb yozadi Travel Ask.
Uyidan portgacha bo‘lgan masofa 15 kilometr bo‘lib, uni bemalol mashinada bosib o‘tish mumkin, ammo erkak butunlay boshqacha usulni tanladi. U orqasiga mahkamlangan propeller yordamida havoga ko‘tariladi va ishga ketishda balandlikdan turib, Uelsning ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘ladi. Bu barcha xarajatlar va ovoragarchiliklarni qoplab ketadi. Axir bunday transport vositasi falon pul turishi bilan birga, Pol har safar parvoz qilishidan oldin harbiy-havo kuchlarining mahalliy qismidan ruxsat olishi kerak.
Izoh (0)