O‘zbekiston o‘z aerokosmik sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Spot.uz”.
2018–2035-yillar uchun aerokosmik sanoatni shakllantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, milliy aviatsion sanoat tiklanishi rejalashtirilmoqda.
2018-yil 10-noyabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatning tayyorlanishi va davlat harakat dasturining tasdiqlanishi kutilmoqda.
Strategiya doirasida, xususan, moddiy va ilmiy baza shakllantiriladi, chet elda malaka oshirib kelgan kadrlar tayyorlanadi, chet el investitsiyalari jalb etiladi.
Izoh (0)