10-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev harbiylarning ta’minot tizimini yangilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Xususan, Prezident harbiylarni uy-joy va mashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Aytmoqchi, kuni kecha O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
2. O‘zbekistonda pasport rejimi soddalashtiriladi. Propiska masalasida xursand qiladigan yangiliklar bor, bundan tashqari, pasport o‘rniga ID-karta taklif etilyapti.
3. Tohir Yo‘ldoshning akasi 23 yillik jazo muddatidan so‘ng ozodlikka chiqdi. Uning hozir novvoyxonasi bor, endi qandolat sexi ochmoqchi. Maqsadi — “el koriga yaraydigan insonlar qatorida bo‘lish”.
4. Foto: Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 3-maktabning achinarli ahvoli. Maktab ta’miri bundan 10 yil avval boshlangan, biroq uning ba’zi qismlarida ta’mirlash ishlari haligacha tugamagan.
5. Foto: Qo‘yliq metrosining bir parchasi deyarli tayyor. Foydalanuvchilar bu rahbariyat uchun tayyorlangan ekspozitsiya ekanini taxmin qilgan. Nima bo‘lganda ham, bu metro yo‘li 2020-yilgacha aniq bitishi kerak — shunday topshiriq berilgan.
Izoh (0)