• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentlik jurnalist Qatortoldagi qoidabuzar haydovchini 450 ming so‘m jarimaga tushirdi. Yo‘riqnoma!

    “Gazeta.uz” kolumnistlaridan biri Nikita Makarenko Toshkentdagi qoidabuzar haydovchilardan birini qanday qilib 450 ming so‘m jarima to‘lashga majbur qilgani haqida Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirdi. “Daryo” muallifning ibratli posti tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

    Jinoyat va jazo 2.0

    Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, men hozir Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB)ni maqtayman. Bardam bo‘ling.

    Shunday qilib, men tajriba o‘tkazib ko‘rishga — bir yaxshi bo‘lmagan haydovchini fotosuratlar va video yordamida jazolashga qaror qildim. Chunki nazariy jihatdan shunday harakat ish berishi kerak — Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 276-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochish uchun foto va video dalil sifatida qabul qilinishi mumkin. Yo‘l harakati qoidalarini buzish esa aynan ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

    Foto: Facebook / Nikita Makarenko

    Foto: Facebook / Nikita Makarenko

    30-dekabr kuni mana bu Epica’dagi o‘rtoq Qatortol bozori oldidagi ikki polosali yo‘lning bitta polosasida mashinasini to‘xtatib qoldirdi. U yerda shusiz ham qanday dahshatli vaziyat hukmronligidan xabardorsiz. U bo‘lsa ko‘chadagi bir polosani egallab, tirbandlikni ham yuzaga keltirdi. Men unga tanbeh berdim va mashinasini tasvirga olishimni aytib, ogohlantirdim. Shundan so‘ng u dvigatelni o‘chirib, mashinasidan tushib, “Menga baribir”, deb ketdi. Mayli, dedim, senga baribir bo‘lsa — bo‘pti, dedim. Bu suratda Epica haydovchisining o‘zi yo‘q, chap tomondagi odam — boshqa haydovchi.

    Men foto va videoni Yagona portal (my.gov.uz) orqali Ichki ishlar vazirligiga yubordim va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochish uchun dalil sifatida qabul qilishni so‘radim. Bayramdan so‘ng, roppa-rosa bir hafta o‘tgach (6-yanvar kuni) menga Chilonzor tuman Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori qo‘ng‘iroq qilib, tafsilotlarni so‘radi. U haddan tashqari xushmuomala edi, buning uchun undan juda minnatdorman.

    Shu zahoti muammo borligi ma’lum bo‘ldi: Yagona portal faqat bitta faylni yuklash imkonini berarkan va o‘sha fayl ham unga yetib bormagan. Chunki unga mening arizamni fayllarsiz topshirishibdi. Hamma ma’lumotlarni uning shaxsiy telefon raqamiga Telegram orqali yuborishga to‘g‘ri keldi.

    Oradan ikki kun o‘tib, 8-yanvarda u menga yana qo‘ng‘iroq qilib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma haqiqatan ham tuzilganiga ishonch hosil qilish uchun kelib ketishni so‘radi. Hammasi qoidadek bo‘lgandi: qo‘rs haydovchining haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgan, unga nisbatan bayonnoma tuzilgan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi”) bo‘yicha 450 ming so‘mlik jarima yozilgan.

    Xulosa:

    1. Tizim ishlayapti.
    2. Yaxshi bo‘lmagan haydovchilarni oson jazolash mumkin.
    3. YHXBB haddan tashqari xushmuomala.
    Qaysi jihatlarni yanada yaxshilash kerak?
    1. YHXBBning telefonlar uchun mobil dasturi yoki hech bo‘lmasa fuqarolar murojaat qila olishi uchun rasmiy Telegram-botini ishga tushiramiz.
    2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni sal-pal tahrirlaymiz.
    3. Hammamiz qoidabuzar haydovchilarning suratlarini yuboramiz.
    4. ...
    5. PROFIT (YHXBB pul ko‘rinishida foyda ko‘radi, biz esa tarbiyaviy jarayondan qoniqish hosil qilamiz).

    “Daryo”dan qo‘shimcha: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlik (“Transport vositalari haydovchilarining to’xtash yoki to’xtab turish qoidalarini buzishi”) bo‘yicha haydovchilar eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarimaga tortiladi. 2017-yil 1-dekabriga qadar jarima miqdori 449 325 so‘m edi (yaxlitlab 450 ming so‘m desa ham bo‘ladi), 1-dekabrdan boshlab esa — 516 720 so‘m (shu kundan O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 149 775 so‘mdan 172 240 so‘mga oshgan).

    09.01.2018, 16:01   Izoh (0)   32162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosidagi interval soatlari 20-yanvargacha ishlamaydi

    09.01.2018, 15:20

    Samarqandda “Askar onalarini sharaflaymiz!” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

    09.01.2018, 14:41

    Xorijdagi taniqli o‘zbekistonlik kardiojarroh Qalandar Bobojonov O‘zbekistonga qaytdi

    09.01.2018, 14:30

    Toshkentda dugonasini kuzatib qo‘yish uchun mashina o‘g‘irlagan yigit uyiga avtobusda qaytdi (video)

    09.01.2018, 13:18

    AQShning venchur fondi O‘zbekistondagi startaplarga qiziqish bildirmoqda

    09.01.2018, 13:00

    Buxoro IIB 7 yildan beri qidiruvda bo‘lgan odamfurush ayolni Dubayda qo‘lga oldi

    09.01.2018, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20

    Air India aviahalokatida halok bo‘lganlarning oilalariga boshqa odamlarning jasadlari yuborilmoqda — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 21:10

    “PSJ” Rodrigo uchun kurashga kirdi

    Sport | 23 iyul, 20:55

    Andijonda 13,8 mlrd, Farg‘onada 6,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 20:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.