Qashqadaryo viloyatida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Viloyat kengashi boshqaruvining 2017-yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash Kengash vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbirda Respublika kengashi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinosari Azimjon Mirzajonov, viloyat, tuman, shahar kengashlari boshqaruvi raislari va mas’ul xodimlari ishtirok etgan. Yig‘ilishda tizimda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Viloyat kengashi boshqaruvi raisi Dusmurot Sultanovning ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyatidagi 730 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 61 tasida 2017-yil davomida umuman jinoyat sodir etilmagan.
Xabar berishlaricha, viloyat mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Namangan shahridagi “Orzu” xamda Parkent tumanidagi “Markaziy” mahallasidagi “Hamkorlik tizimi” tajribasi yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)