Angliyaning “Lester” klubida to‘p surayotgan 19 yoshli Faik Jefri Bolkiax dunyoning eng boy futbolchisi deb tan olinmoqda.
Sababi u Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxning jiyani hisoblanadi. Otasi yirik neft magnati bo‘lgan bu futbolchiga yaqin kelajakda 20 milliard AQSh dollari miqdorida pul qoladi.
Bolkiax 2009-yil “Sautgempton” futbol maktabiga borgandi. U jamoada 4 yil to‘p surdi. 2013-yilda esa Londonning “Arsenal” klubiga ko‘chib o‘tdi. Oradan 1 yil o‘tib, uni “Chelsi”dan topish mumkin edi.
Ayni paytda eng boy futbolchi “Lester” yoshlari safida to‘p surmoqda. U APLda debyut qilib ulgurmadi. Shunga qaramay, Bruney terma jamoasida safida 9 ta uchrashuv o‘tkazib bo‘lgan.
Izoh (0)