• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishning rasmiy ko‘rsatkichlariga ishonish mumkinmi?

    Mustaqil iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupov aholi real daromadlari o‘sishi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar rasmiy statistikasini tahlil qiladi va u nega ishonchli ko‘rinmasligini tushuntiradi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Yaqinda “2016-yilda aholi jon boshiga yalpi daromad 11 foizga oshdi” sarlavhasiga ko‘zim tushdi.

    Gap faqat ko‘rsatkichning ishonish qiyin bo‘lgan qiymatida emas, balki ko‘rsatkichning o‘zidadir.

    Nazariy jihatdan u aholi daromadlaridan (maosh, pensiya va boshqa daromadlar) inflyatsiya ayirib tashlanganda qanday o‘zgarganligini ko‘rsatishi lozim. Ya’ni nominal daromad o‘sishi iste’mol tovarlari va xizmatlar (iste’mol narxlari indeksi bilan o‘lchanuvchi) narxlari o‘sishini o‘z ichiga olsa, real daromad o‘sishidan iste’mol narxlari o‘sishi chiqarib tashlanishi kerak.

    Amalda esa aholi real daromadlari o‘sishining O‘zbekiston rasmiy statistikasi ko‘p yillar fantastik raqamlarni ko‘rsatdi. Bizda real daromadlar real yalpi ichki mahsulotdan ancha tezroq o‘sdi va bu o‘sish elementar sog‘lom aqlga zid kelardi. Masalan, 2007-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmi 9,5 foizga, real ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar esa 40 foizga oshgan.

    Davlat statistika qo‘mitasi saytida ushbu ko‘rsatkichning dinamik qatorlarini topa olmasligingiz tasodif emas. Chunki bu “real o‘sish”ning ko‘p yillik ko‘rsatkichlari jamlansa, mamlakatimizdagi yashash darajasi rivojlangan mamlakatlar hayot darajasi bilan tenglashishi kerak edi. Ayni paytda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot qiymati haqidagi ma’lumotlarga muvofiq mamlakatimiz rivojlangan mamlakatlardan hali ancha uzoq. 2015-yilda O‘zbekiston uchun ushbu ko‘rsatkich 2 132 dollarni tashkil etdi (dunyo bo‘yicha o‘rtacha qiymat — 10 112 dollar). O‘zbekiston Jahon bankida ma’lumotlari bo‘lgan 188 mamlakat ichida unchalik sharafli bo‘lmagan 134-o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joizki, bunda hisob-kitob rasmiy almashuv kursi bo‘yicha yuritilgan. U bozor kursi bo‘yicha qayta hisoblab chiqilsa yanada quyi pog‘onaga tushishimizga to‘g‘ri kelar edi.

    Nima sababdan aholi real daromadlari o‘sish ko‘rsatkichlari shunchalik haqiqatdan uzoqki, hatto Davlat statistika qo‘mitasi ham ular bilan ish yuritishga uyaladi? Javob aniq — u iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichi qanchalik buzib ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunchalik haqiqatdan yiroq: real qiymatlar bilan taqqoslaganda iste’mol narxlari indeksi qanchalik past bo‘lsa, deklaratsiya qilinayotgan aholi real daromadlari shunchalik yuqoridir.

    Rasmiy statistikaga muvofiq, 2003-yildan buyon O‘zbekistonda iste’mol narxlari yillik o‘sishi 8 foizdan oshmaydi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin ekanligiga O‘zbekistonning istalgan fuqarosi baho berishi mumkin. Biroq rasmiy statistikaning o‘zida ham bu raqamning be’mani ekanligiga oshkora signal bor.

    Iste’mol narxlari indeksi — iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari o‘sishini ko‘rsatuvchi inflyatsiya indikatorlaridan faqat bittasi. Boshqa ko‘rsatkichlar ham bor. Masalan, YaIM narxlari indeksi. Ushbu ikki ko‘rsatkich o‘rtasida katta farq bo‘lmasligini mantiqan taxmin qilish mumkin. Amalda hisob-kitob qilishning turli usullari va narxlar o‘zgarishining notengligi tufayli ba’zan farq yuzaga kelishi mumkin. Biroq o‘rtacha qiymatni hisobga olsa, ular o‘rtasidagi farq katta bo‘lmasligi kerak.

    O‘zbekistonda esa bu farq katta, yil sayin saqlanib kelmoqda va bu tafovut yetti karragacha yetishi mumkin (2003-yilda bo‘lgani kabi). Quyida Sobiq Ittifoq bo‘yicha qo‘shni mamlakatlar ba’zilarining shu kabi hisob-kitoblari keltirilgan va u boshqa mamlakatlarda bunday holat kuzatilmayotganini ko‘rsatadi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Manba: http://databank.worldbank.org/data/home.aspx va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblar

    Aslida esa O‘zbekiston Iste’mol narxlari indeksi va deflyatori o‘rtasidagi farq yanada kattaroq bo‘lishi kerak. Chunki deflyator qiymati pasaytirib ko‘rsatilgan.

    Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi reallikka juda kam aloqador. Ehtimol, umuman aloqasi yo‘q.

    Endi deflyator (YaIM narxlari indeksi) haqida. U yalpi ichki mahsulot o‘sish ko‘rsatkichini inflyatsiyadan tozalash uchun hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, nima sababdan deflyator iste’mol narxlari indeksi kabi ko‘z-ko‘z qilinmasligini tushunish mumkin. Agar shunday bo‘lganda, iqtisodiyotimiz nolinchi yillarda yiliga 30—40 foiz sur’at bilan o‘sgan bo‘lardi. Bu esa hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi: jahon sivilizatsiyasi tarixida bunga yaqin holat ham yuz bermagan. Ta’kidlash joizki, aholi real daromadlarining ko‘p yillar davomida bunday sur’atlar bilan o‘sishi ham hech qayerda va hech kimda kuzatilmagan.

    Deflyator qiymati qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini tushunish uchun iqtisodiy o‘sishning real ko‘rsatkichlariga (ya’ni real YaIM o‘sish sur’atlari) ko‘z tashlash lozim.

    O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, foizlarda

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Rasmiy statistikaga ko‘ra, iqtisodiyotimiz juda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotganligini ko‘rishimiz mumkin (8 foiz plyus-minus yarim foiz — bu juda yaxshi ko‘rsatkich). Diqqatga sazovor jihati, bu ko‘rsatkich juda-juda barqaror. Shunchalik barqarorki, bunday barqarorlik analoglarini topish qiyin. Jahon iqtisodiyoti bu yillarda ancha chuqur inqirozni boshdan kechirgani va ko‘plab eksport tovarlarimiz narxlari tushganligini hisobga olsak, bu barqarorlik yanada hayratlanarli. Iqtisodiy rivojlanish yo‘limiz qanchalik o‘ziga xos ekanligini tushunish uchun ba’zi qo‘shni davlatlar iqtisodiy o‘sish sur’atlari qanday o‘zgarganligiga ko‘z tashlash kifoya.

    Sobiq sotsialistik mamlakatlar alohida davlatlarining iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, foizlarda

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Barcha mamlakatlar 2009-yilda (jahon iqtisodiy inqirozi) iqtisodiy o‘sishning sezilarli sekinlashishini boshdan kechirganligini ko‘rish mumkin. 12 mamlakatdan to‘qqiztasida iqtisodiyot o‘smagan, balki qisqargan. Deyarli barcha mamlakatlarda 2014 va 2015-yillar qiyin kechgan, bu ma’lum ma’noda Rossiyadagi inqiroz va Rossiya rubli qiymatining pasayishi, shuningdek Ukrainadagi urush bilan bog‘liq. Har qanday tashqi shoklarni pisand qilmaydigan yagona mamlakat bu O‘zbekiston.

    Haqiqatda ham eksport tovarlarimizning jahon narxlariga, tashqi mehnat migrantlari daromadlarining kirib kelishi (oxirgi yillarda rubl va tenge kurslari pasayishi oqibatida juda kamaygan), shuningdek, iqtisodiy o‘sishni tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi ichki omillarga qaram emasmizmi? Bu masalada shubhaga boraman.

    Narsalarni o‘z nomi bilan atasak, tan olish kerakki, deflyator qiymati avvaldan belgilangan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichiga moslashtiriladi. Shu tariqa, yiliga sakkiz foizga teng barqaror iqtisodiy o‘sishimiz — bu uydirma.

    Buzib ko‘rsatilgan statistik ma’lumotlarni (boshqa ma’lumotlar yo‘q, deb qo‘rqaman) ishga solishda davom etsak, iqtisodiyotdagi vaziyatni qanchalik real baholash va adekvat qarorlar qabul qilish mumkin?

    Yana bir savol. Nega xalqaro tashkilotlar buzib ko‘rsatilganligi ravshan bo‘lsa-da, iqtisodiy o‘sishimizning rasmiy ko‘rsatkichlari bilan ish yuritadi? Javob oddiy: inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini baholash — milliy statistika boshqarmalarining alohida huquqi, muqobil statistika esa yo‘q. Shuning uchun xalqaro tashkilotlar ekspertlari rasmiy baho va prognozlar berishda milliy statistika ma’lumotlaridan boshqa manbaga asoslana olmaydi. Ular o‘z statistikasini buzib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligi tamoyiliga tayanadi. Bu notanish hududda to‘siqli yugurishda o‘z ko‘zini bog‘lab qo‘yish bilan teng. Adekvat va haqqoniy statistikasiz to‘g‘ri qarorlar qabul qilish shunchaki imkonsiz. Kim ixtiyoriy ravishda o‘zi bilan shunday yo‘l tutadi?

    Muallif fikri tahririyat fikridan farq qilishi mumkin.

    08.01.2018, 16:15   Izoh (0)   15072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil markazi ochildi. Markaz direktori etib Bobur Alixonov tayinlandi

    08.01.2018, 15:33

    Shavkat Mirziyoyev: Biz valyutani yoqib, elektr energiya chiqaryapmiz (video)

    08.01.2018, 15:22

    Abdulla Aripov 10—11-yanvar kunlari Tojikistonga tashrif buyuradi

    08.01.2018, 14:45

    Shavkat Mirziyoyev: Odamlar saharlikka tursa, hammayoq zimiston. Qaysi davrda yashayapmiz?! (video)

    08.01.2018, 14:44

    Video: Shavkat Mirziyoyev go‘shtning asl — 250 ming so‘mlik narxi haqida

    08.01.2018, 14:14

    11—12 va 14-yanvar kunlari Qamchiq dovonida bo‘ronli ob-havo kutilmoqda

    08.01.2018, 14:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.