Namanganning “Navbahor” futbol klubi yarim himoyachisi Oybek Qilichev o‘zini afv etishlarini so‘rab, O‘FF rahbariyatiga maktub yozdi. Bu haqda “Championat.asia” ma’lumot berdi.
O‘FF “yil zo‘ravoni” sifatida tanilayotgan Oybek Qilichevni 1 yilga futboldan chetlatdi
Qilichev O‘zbekiston Oliy Ligasining 25-turidan joy olgan “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvda raqibini tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan, keyin esa alamiga chiday olmay, yerda yotgan raqibini tepgandi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan O‘FF intizom qo‘mitasi Qilichevning bungacha ham raqiblarini urgan holatlarni inobatga olib, uni 1 yilga futboldan chetlashtirgandi. Qo‘shimchasiga, Qilichev 10 million so‘m miqdorida jarima ham to‘lashi kerak edi.“Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichev raqibini tirsagi bilan urib yiqitdi, keyin esa alamidan uni tepdi (video)
Ayni vaqtda futbolchi “Navbahor”ning Toshkentdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. O‘FFga yo‘llangan maktub nafaqat futbolchi, balki “Navbahor” tomonidan ham imzolangan. Tashkilotdan kechirim so‘ragan tomon, jabrlanuvchi futbolchilardan ham uzr so‘raganmi yoki yo‘q — xabarda bunga oydinlik kiritilmagan.Agar O‘FF tomonidan chiqarilgan qaror o‘z kuchida qolsa, Qilichev 2018-yilning noyabr oyidagina maydonga qaytishi kerak. 1 yilga chetlatilgan futbolchi hozircha jamoasining 5 tagina o‘yinida ishtirok eta olmadi.
O‘z vaqtida muxlisni tepgan “Yunayted”ning mashhur futbolchilaridan biri Erik Kantona ham 1 yilga futboldan chetlashtirilgan bo‘lib, fransiyalik hujumchi jazo muddatini to‘liq o‘tagandi.
Izoh (0)