• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shu paytgacha tashqi axborot vositalari xorijdagi dushmanona ovoz sifatida ko‘rilar edi”. “Amerika ovozi” jurnalisti O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat bildirdi

    O‘zAda “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomovaning O‘zbekistondagi islohotlar haqidagi fikrlari chop etildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    O‘zbekistonda hozir o‘ziga xos ochilish davri. Sekin-asta, mayda qadamlar bilan bo‘lsa-da, jamiyat va hukumat oldinga intilayotgandek. Buni jurnalistika sohasida ham sezish mumkin.

    Yaqinda Farg‘ona vodiysida o‘tgan medialagerda “Amerika ovozi”, “Ozodlik” va BBC kabi xorijiy axborot vositalarining o‘zbekistonlik jurnalistlari Vatandagi hamkasblariga videomurojaat qildi. Bu biz uchun shu paytgacha kuzatilmagan noyob imkoniyat bo‘ldi.

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bizning dasturlarimizga e’tibor berib, sharhlarimizga qiziqishi ham o‘ziga xos progress. Jurnalistlar orasidagi bunday hamkorlik O‘zbekiston matbuoti va ommaviy axborot vositalari rivoji uchun nihoyatda muhim. Shu paytgacha “Amerika ovozi”, BBC yoki “Ozodlik” kabi tashqi axborot vositalari xorijdagi dushmanona ovoz sifatida ko‘rilar edi. U yerda ishlayotgan jurnalistlarga g‘anim sifatida qarashar edi. Bugun munosabat o‘zgarmoqda, xususan, yuqori pog‘onalarda.

    Tashqarida yurgan millionlab o‘zbekistonliklar sotqin emas, vatangado emas. Ular chet elda o‘z nonini topib yuribdi. Ularning O‘zbekistonga ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri beqiyos. Buni davlat tushuna boshladi. Ammo ayrim doiralarda biz bergan materiallarga nisbatan norozilik kayfiyati hamon mavjud. Bunday yondashuv​ bilan o‘zgarish qilib bo‘lmaydi. Ochig‘i, o‘zini ziyoliman, deb bilganlar “suvi chiqib ketgan” dashnomlar bilan bizni la’natlaganida​ biz bir kulamiz, bir achinamiz. Chunki O‘zbekistonda yangi davr boshlangan bo‘lsa, odamlar bir-birini tinglay olishi, fikrlar xilma-xilligini tan olib, munozara maydoni kengayishi kerak.

    “Sen dushmansan, sen vatangadosan, yurtga kerak emassan”, deya dag‘dag‘a qilish o‘zini ziyoli, madaniyatli jamiyat vakili, deb hisoblagan insonga hech qachon yarashmaydi. Hamma o‘zining ijtimoiy burch va o‘rnini tushunib etishi kerak. Mening bizni qoralovchi tomonlarga gapim: Prezidentni quvvatlamoqchi va mamlakat to‘g‘ri yo‘ldan borishini xohlasangiz, o‘zingizning dardingizni aytishni o‘rganing. O‘z manfaatingiz va atrofdagilar manfaati uchun kurashing.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilni yuqori notada tugatdi. Uning dangal gaplari, tub muammolarni ochiq tan olib, har bir fuqaroni yechim tomon harakat qilishga undayotgani nafaqat O‘zbekiston ahliga, balki xalqaro hamjamiyatga ham umid va g‘ayrat bag‘ishlamoqda. Vatan uchun xizmat qilmoqchiman yoki O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchiman, deganlar ko‘payib bormoqda. Ular ko‘payaversin desangiz, dunyoqarashni kengaytirish kerak. Bu degani, hozir xalq uchun ham, hukumat uchun ham sinov davri.

    O‘zbeklarni dunyoning hamma joyidan topish mumkin. O‘zbekiston hukumatining chet elda yurgan millionlab fuqarolariga nisbatan munosabati ijobiylasha boshladi. Vatandoshlarning qay biri bilan suhbatlashmang, shunday savollarni eshitasiz: Borsammikan O‘zbekistonga? Nima qila olaman Vatan uchun? Vatan bizdan nima kutayapti? Sharoit qanday?

    Oliy ma’lumotli, salohiyatli, tajribali o‘zbek kadrlari serob. Agar yurtga shu kadrlar zarur bo‘lsa, ularni sistematik tarzda jalb etish uchun ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan biror agentlik kerak. Shunday bir organ bo‘lsinki, vatandoshlar unga tayana olsin; biror-bir sohada ishlashni xohlasa, shu idora orqali tegishli tomonlar bilan bog‘lana olsin. Va, o‘z navbatida, xorijda yurganlar ham o‘ylab ko‘rishi kerak: Biz o‘zi nimaga qodirmiz? Qo‘limizdan nima keladi? Masalan, Amerikada muvafaqqiyat qozongan odam O‘zbekistonda ham ishni albatta eplaydi, deyish qiyin. Buyuk ishlar qilishni niyat qilib yurgan vatandoshlar bor. Vatandoshlarga bog‘langan buyuk orzular bor. Ularni amalga oshirish uchun chet eldagilarda ham, ular bilan ishlamoqchi bo‘lgan dargohlarda​ ham kuchli iroda va kommunikatsiya salohiyati bo‘lishi kerak.

    Tashqi dunyo ham O‘zbekiston xalqi singari vaziyatni qiziqish bilan kuzatadi. Negaki, mamlakatda o‘tgan chorak asr davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar, samara bermagan ishlar borligi ochiq oydin aytilmoqda. To‘g‘ri qarorlar qabul qilish hukumat zimmasida, uning amaliyotini hayotga tatbiq etish esa odamlar zimmasida. Bu jarayonda jurnalistlar o‘ta muhim vazifani bajaradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “vatanparvar jurnalistlar kerak”, degan gapi bu hukumatni maqtaydigan jurnalistlar kerak, degani emas, biz buni shunday tushundik. Jurnalist va jurnalistika xalqning vijdoni bo‘ladigan bo‘lsa, O‘zbekiston xalqi​ professional jurnalistlarni yetishtirishdan manfaatdor. Agar mamlakatda jurnalistika bo‘yicha universitet ochiladigan bo‘lsa, unga birinchi navbatda tajribali jurnalistlar, dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan mutaxassislar jalb etilishi kerak. Ulardan qo‘rqmaslik kerak. Mana sizga maydon, qo‘lingizdan keladigan ishni mana endi ko‘rsating, deya murojaat qilish kerak. To‘g‘ri, bu qiyin jarayon bo‘ladi. Lekin bunday qadamlar yurtni faqat oldinga yetaklaydi.

    Jurnalistlar xalqning dardini yoritib, uning ishonchini qozonishni o‘rganishi, ya’ni axborot vositalari hukumat bilan xalq o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi lozim. Prezidentni diqqat bilan eshitsangiz, Shavkat Miromonovich aynan shunga undayapti. Oldindagi murakkab sinovlardan o‘tish uchun hammaga matonat kerak.

    Navbahor Imomova, “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti

    07.01.2018, 13:24   Izoh (0)   65073
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Kimki Vatan taraqqiyotiga pul tiksa, farzandiga haykal qo‘ygan bo‘ladi

    07.01.2018, 11:35

    Shavkat Mirziyoyev: “So‘rg‘il konining tenderidan kim qancha yeganini yaxshi bilaman!”

    07.01.2018, 09:58

    Prezident Captiva sovg‘a qilgan Alisher Qurbonov nima uchun Qoraqalpog‘istonga qaytgan?

    07.01.2018, 09:35

    2018-yilda Toshkent viloyatida 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi

    07.01.2018, 09:07

    Toshkent aeroporti tuman tufayli havo kemalarini qabul qilishni to‘xtatdi

    07.01.2018, 08:57

    Shavkat Mirziyoyev: Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, elimizga nur keladi

    06.01.2018, 22:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada kanalizatsiya quvurlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida to‘rt erkak halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 22:50

    Jizzaxda Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan fuqaro sud qilindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 22:42

    “Rossiya neftini xarid qilgani uchun AQSH Hindistonga nisbatan bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada oshiradi” — Tramp

    Dunyo | 4 avgust, 22:31

    O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalar soni ortdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 22:20

    Termizda qarz tufayli qotillikka qo‘l urgan qimorboz 18,5 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 21:58

    Andijonda o‘qituvchilar taʼmirlagan maktab direktori ishdan olindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 21:39

    Pep Gvardiola “Milan” hujumchisini “Manchester Siti”ga olib kelmoqchi

    Sport | 4 avgust, 21:25

    Germaniyalik olimlar yonilg‘i o‘rnini bosuvchi modda yaratib, “toza” raketa qurishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 4 avgust, 21:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.