Himoyachi Igor Golban 2018-yilgi mavsumni ham Qarshining “Nasaf” klubi safida o‘tkazadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri futbolchining agenti Sefir Alibayevga asoslanib ma’lumot berdi.
Yetakchilarini “Paxtakor”ga boy berayotgan “Nasaf”, 5 futbolchisini jamoada saqlab qoldi. Ular orasida Cheran ham bor
Golban “Nasaf” uchun muhim figuralardan biri edi. Bungacha 2017-yilgi mavsum to‘purarlaridan biri bo‘lgan Dragan Cheran bilan shartnomasini uzaytirgan “Nasaf”, endi Igor Golban bilan yana bir yillik kelishuvga erishgan.Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Safir Alibayevning so‘zlariga ko‘ra, Golban xizmatlari bilan Samaraning “Krilya Sovetov” klubi jiddiy qiziqayotgandi. Biroq Golbanning o‘ziga O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan Super Liga qiziqarliroq tuyulgan. U Rossiya birinchi divizionidan ko‘ra, O‘zbekiston elitasini afzalroq bilgan.
Safir Alibayev o‘z vaqtida Ukrainaning “Tavriya” klubi bilan mamlakat chempionligini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritgani bilan yodda qolgan.
Izoh (0)