Microsoft kompaniyasi Intel protsessorlaridagi zaiflik sababli Windows uchun navbatdan tashqari yangilanish ishga tushganini ma’lum qildi. Yangilanish Windows 10, 8 va 7 talqinlari uchun ishga tushirilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Microsoft’ning tezkor reaksiyasiga qaramasdan, yangilanishning ishi protsessor ishlab chiqaruvchilarning yangilanishlariga bog‘liq. Yadrodagi o‘zgarishlar sababli ba’zi dasturlarning, masalan, antiviruslarning ishlab chiqaruvchilari ham yangilanishlarni ishga tushirishi kerak bo‘ladi. Microsoft shoshilinch yangilanish yordamida bulut serverlarini ham yangilagan.
O‘z o‘rnida, Intel zaiflik boshqa protsessorlarda ham mavjudligini ma’lum qilgan. Xususan, u bu borada AMD va ARM bilan ish olib borilayotganini bildirgan.
Izoh (0)