Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida 1988-yili tug‘ilgan yana bir fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
“2-yanvar kuni soat taxminan 20:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Shayxontohur tumani hududida joylashgan ‘Anhor-Lokomotiv’ bog‘ida 1988-yilda tug‘ilgan Ilnur Radjapov to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 1,15 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib olindi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)