Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 10 kishi, jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xanti-Mansiysk — Sovetskiy avtoyo‘lida Mazda6 va Renault Duster ro‘parama-ro‘para to‘qnashdi. Ularning ichida bo‘lganlardan hech kim omon qolmadi.
Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi avariya sabablariga aniqlik kiritmoqda. Taxminlarga ko‘ra, avtomobillardan birining haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay qolgan.
Avariya oqibatlarini bartaraf etishga 50 dan ortiq kishi va 10 dan oshiq texnika safarbar etilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)